2022 yilda davlat byudjetiga 46,2 trln so‘m (114%) bojxona to‘lovlari undirilgan

2022 yilda davlat byudjetiga 46,2 trln so‘m  (114%) bojxona to‘lovlari undirilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev ma’lum qildi:

🔄 Tizimda “Raqamli bojxona” tamoyilini keng joriy qilish maqsadida o‘tgan yilda 11 ta axborot tizimi, 13 ta elektron xizmati, 3 ta mobil ilova ishga tushirildi. O‘zaro ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish maqsadida 12 ta davlat idorasi va 9 ta xorijiy aviakompaniyaning axborot tizimlari bilan integrasiyalashuv amalga oshirildi.

✅ Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hozirda eksportda 86 % va importda 76 % tovarlar soddalashtirilgan tartibda, ya’ni bojxona ko‘rigisiz rasmiylashtirish tartibi qo‘llanilmoqda.

💻 Deklarasiyalarni avtomatik ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi.

❌Respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2022 yilda aniqlangan 17 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida 844 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!