2019 yilda O‘zbekistondagi bankomatlardan qancha pul yechib olingan?

2019 yilda O‘zbekistondagi bankomatlardan qancha pul yechib olingan?

Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2019 yilda bank kartalariga kelib tushgan 112,7 trillion so‘mlik mablag‘larning naqdlashtirilgan qismi 36,6 trillion so‘m yoki 32,4 foizni tashkil etib, 2017 (6,1 foiz) va 2018 yilga (17,4 foiz) nisbatan sezilarli darajada oshdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda bank kartalaridan yechib olinayotgan naqd pullarning 68,6 foizi bankomatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, bank kartalaridan yechib olingan jami naqd pud miqdori 36 trillion 553 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 25 trillion 81 milliard so‘m bankomatlardan naqdlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 3,1 foiz, 2018 yilda 40,0 foizga to‘g‘ri kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!