Qurilish vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 28 noyabrdagi Prezident Farmonining 9-ilovasi 5 “v” bandiga asosan “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJ 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar bo‘yicha 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev yozmoqda.
Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJning mulki hisoblanadi. Yuqoridagi farmon talablaridan kelib chiqib, xonadonlarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IK hisob-raqamiga kelib tushmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.
2017-2019 yil dasturi bo‘yicha uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning ko‘pchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirib olishdi. Turli sabablarga ko‘ra, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar ham ushbu imtiyozdan foydalanishi uchun istisno tariqasida 2020 yil 1 iyulga qadar imtiyozning amal qilishi uzaytirildi.
Prezident farmoni bilan “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJ va “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga 2020 yil 1 iyulgacha berilgan imtiyozlar 2017-2019 yil dasturlari bo‘yicha qurilgan uy-joylarga nisbatan tatbiq etiladi. 2020 yil dasturi doirasida qurilayotgan uy-joylar uchun yuqoridagi imtiyozlar tatbiq etilmaydi, shuning uchun ushbu dastur bo‘yicha qurilayotgan uy-joylar narxiga qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilgan holda hisoblanmoqda.
Xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilgan uylarga 2020 yil 1 yanvardan boshlab QQS tatbiq etilgan. Ikkilamchi uy-joylar oldi-sotdisida agar sotuvchi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxs bo‘lmasa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.