17 turdagi davlat monopoliyasi tugatiladi

17 turdagi davlat monopoliyasi tugatiladi

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi sa’y-harakatlari qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi.

Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi ta’minlanadi.

Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, temir yo‘l va aeroport xizmati sohalarida 17 turdagi davlat monopoliyasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu ishlar davom ettirilib, mamlakatimiz xalqaro savdo makonining ajralmas qismiga albatta aylantirilishi qayd etildi.

Yana bir dolzarb masala – aholini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashdir.

“Biz bu borada tadbirkorlarimizga tayanamiz. Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytiramiz.

Zamonning o‘zi tadbirkorlarimizdan keng miqyosda fikrlab ish yuritishni, jahon bozorlarida raqobatdosh mahsulot yaratishni talab etmoqda. Bu yo‘lda ularga omad va yutuqlar tilaymiz”, - dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!