13 yoshli o‘spirin zaharlanib, vafot etdi

13 yoshli o‘spirin zaharlanib, vafot etdi

Orenburg viloyatining Novotroisk shahrida dam olish kunlari 13 yoshli o‘spirin vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola kimyoviy moddadan zaharlangan. Bu haqda "Orenburg" davlat teleradiokompaniyasi xabar beradi.

Bolaning jasadi Cheremnix ko‘chasi hududidan topilgan. Uning yonidan bir quti benzin topilgan.

Ba’zi ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, o‘spirin ushbu moddadan do‘stlari davrasida foydalanmoqchi bo‘lgan. Ayni paytda voqea holatlari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!