13 yoshli qizni mashinada zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

13 yoshli qizni mashinada zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi 13 yoshli qizni maktabga olib ketayotgan paytda zo‘rlamoqchi bo‘lgan.

«Tergov jurnalistikasi agentligi» ma’lum qilinishicha, 9 oktyabr kuni 47 yoshli tadbirkor ayol Primorsk tumani jinoyat qidiruv bo‘limiga 13 yoshli qiziga qilingan hujum haqida bayonot bilan murojaat qilgan. Uning aytishiga ko‘ra, ertalab u qizini odam tashuvchi transportda ta’lim muassasasiga yuborgan. «Uber» operatori haydovchisi avtomashina ichida qizning bo‘yin qismiga tegina boshlagan.

«Komendant xiyoboni»dagi metro hududida qo‘rqib ketgan o‘quvchi qiz mashinadan sakrab tushgan va onasiga qo‘ng‘iroq qilish uchun maktab tomonga qochgan.

Jinoyat qidiruv bo‘limining aniqlashicha, haydovchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. U kechki soat 20:00 atrofida «Akademik» bekatida qo‘lga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak qilgan ishini rad etmagan, ammo keyinchalik u hech qanday qizga nisbatan tegajoqlik qilmaganini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan o‘zbekistonlik fuqaroga Rossiya Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Tegajoqlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.​​​​​


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!