10 ta eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari yangisiga almashtirildi

10 ta eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari yangisiga almashtirildi

Sirdaryo viloyatida yana 10ta «Damas» va boshqa eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari yangi, zamonaviy avtotransport vositalarga almashtirildi.

Bu, shubhasiz, tibbiy brigadalarning chaqiriqlarga kechikish holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

Yaqinda viloyatining 8 ta hududidagi «Dammas» va boshqa eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari A toifali «Wolkswagen Caddy» rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalarga almashtirilgan bo‘lsa, kuni kecha, 10 ta tez tibbiy yordam bo‘limlaridagi eski avtomashinalar yangi, zamonaviy «Wolkswagen Caddy» rusumli tez tibbiy yordam mashinalariga almashtirildi.

Yangi qabul qilingan 10 ta tez tibbiy yordam mashinalari hisobiga Sirdaryo viloyat tez tibbiy yordam tizimidagi «Wolkswagen Caddy» rusumli tez tibbiy yordam mashinalari soni 23 taga yetdi.

— 2024 yil so‘ngiga qadar, shu turdagi avtomashinalardan yana 57 tasi Sirdaryo viloyatiga keltirilib, «Dammas» va boshqa eskirgan tez tibbiy yordam mashinalar o‘rnida ishlay boshlaydi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo filiali direktori Oybek Usmonov. — Albatta, tibbiy avto texnikaning yangilanishi tez tibbiy yordam brigadalari ishini yanada yaxshilash, chaqiriqlarni vaqtida bajarish, og‘ir ahvoldagi bemorlarga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!