10 avgustdagi eng yuqori ko‘rsatkich Urganch davlat universitetida qayd qilindi

10 avgustdagi eng yuqori ko‘rsatkich Urganch davlat universitetida qayd qilindi
Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘ninchi kuni natijalariga qaraganda davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 171,4, to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali esa 145,6 ni tashkil qildi. Har ikki ko‘rsatkich ham Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishida qayd etildi. O‘rtacha o‘tish bali davlat granti –104,5, to‘lov-kontrakt – 84,0 ni tashkil qildi.
 
Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni test sinovlari 18 ta oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazildi va ularda 48 614 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!