O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Qarorga asosan 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;
Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 000 so‘m;
Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam - 326 000 dan 653 000 so‘mgacha
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa
bitta bolali oilalarga – 144 100 so‘m
ikkita bolali oilalarga – 238 700 so‘m
uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 000 dan 1 085 000 so‘mgacha oshirilishi belgilandi.
Bundan tashqari joriy yilning 1 fevralidan pensiya va nafaqa oluvchilarning faxriy unvon uchun to‘lov miqdori Qarorga asosan 1.1 barobarga oshirildi.
Ma’lumot uchun:
Ushbu qaror 2021 yil 1 fevraldan ish haqi, nafaqa 10 foizga oshirilishi haqida:
Bu Prezidentning “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.Ushbu qarorda, avvalo, 2021 yilgi davlat byudjetini ijroga qaratish bilan bog‘liq.
Mavjud an’anaga ko‘ra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oshirish bo‘yicha davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori chiqishi lozim.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.