1 dekabrdan Toshkentdagi byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshadi

1 dekabrdan Toshkentdagi byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshadi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasining aniqlik kiritishicha, 1 dekabrdan byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti narxlarining oshishi kuchga kiradi.

Avvalroq xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan 2023−2024 yillar isitish mavsumi uchun yangi tariflar tasdiqlangandi.

Tadbirkorlar va aholi uchun tariflar:

  • aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qoladi va u 1 Gkal uchun 91 960 so‘mni tashkil etadi;
  • yuridik shaxslar uchun 1,5 baravarga — 1 Gkal uchun 141 737 so‘mdan 212 606 so‘mgacha oshadi;
  • byudjet tashkilotlari uchun 1,6 baravarga — 1 Gkal uchun 502 067 so‘mdan 801 963 so‘mgacha oshadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!