Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining Aloqa boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Erdog‘an Vashingtondagi Oq uy muxbirlari assosiasiyasi kechki ovqatida qurolli hujumga urinishdan so‘ng Tramp bilan birdamlik bildirdi.
"Prezident Erdog‘an bu voqeani demokratiya va matbuot erkinligiga qarshi jirkanch harakat deb bilishini va yaralangan xavfsizlik xodimining tezroq sog‘ayib ketishini tiladi", deyiladi xabarda.
Shuni ta’kidlash kerakki, Tramp ishtirok etgan Vashington Hilton mehmonxonasida Oq uy muxbirlari assosiasiyasining qabul marosimi paytida otishma sodir bo‘lgan. Amerika yetakchisi, vise-prezident Jey Di Vens va ularning turmush o‘rtoqlari darhol zaldan evakuasiya qilingan. Hujumda gumonlanuvchi Maxfiy xizmat tomonidan hibsga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.