Mamlakat shimolidagi tog‘li hududlarda besh kundan beri davom etayotgan yong‘inlarni o‘chirish uchun 1400 nafar o‘t o‘chiruvchi va 100 nafar harbiy safarbar qilindi. Olov hozirgacha 1373 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, Osuti sohilbo‘yi shahridagi aholi punktlariga xavf tug‘diryapti. Noqulay ob-havo va kuchli shamol sababli shahar aholisining uchdan bir qismi, ya’ni 3200 dan ortiq kishi evakuasiya qilindi.
Harbiy vertoletlar yordamida havodan suv sepilayotgan bo‘lsa-da, quruq iqlim va shamol yong‘inning tarqalishiga zamin yaratmoqda. Meteorologlar yaqin ikki kun ichida yog‘ingarchilik kutilmayotganini, faqat seshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini bildirishdi. Hozirgacha jiddiy jarohat olganlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.