Mamlakatning bir qancha hududlarida, jumladan, poytaxt Bamako va uning atrofidagi harbiy ob’ektlarda keskin to‘qnashuvlar yuz berdi. Mazkur amaliyotlar uchun mas’uliyatni "Al-Qoida"ga aloqador guruhlar va tuareg isyonchilari o‘z zimmasiga oldi. Mali armiyasi hujum qaytarilgani va bir necha yuzlab hujumchilar yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Qurolli guruhlar Kati shaharchasidagi kazarmalarga, Bamako aeroportiga va shimoldagi Gao hamda Sevare shaharlariga zarba bergan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, shimoldagi Kidal shahri isyonchilar nazoratiga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Vaziyat keskinlashgani sababli Bamako aeroporti yopilgan, hukumat esa poytaxtda uch kunlik komendantlik soati joriy qildi. Hozircha kamida 16 kishi jarohatlangani aytilmoqda, qurbonlar soni haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Kuzatuvchilar buni so‘nggi yillardagi eng yirik va muvofiqlashtirilgan amaliyot sifatida baholamoqda. Mali hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgan Moskva ushbu hujumlarni keskin qoraladi. Rossiya TIV guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlar davom etayotganini va ushbu hujumlarni tayyorlashda G‘arb kuchlarining qo‘li bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Assimi Goita boshchiligidagi Mali harbiy hukumati, Rossiya ko‘magiga tayangan holda, mamlakatda xavfsizlikni tiklashga harakat qilmoqda. Hujum qilgan guruhlar esa o‘z bayonotida rossiyalik sheriklarga ataylab zarba bermaganini va kelajakda ular bilan "muvozanatli munosabatlar" o‘rnatish niyatida ekanini bildirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.