Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2028 yilga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qo‘shimcha ravishda jami maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil qilish, xalqaro standartlarga muvofiq 2030 yilgacha O‘zbekistonda umumiy yashillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizgacha oshirish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hudud hajmini 9–10 m²gacha kengaytirish hamda PM2.5 va PM10 kabi zararli zarrachalar konsentrasiyasini 20–25 foizga kamaytirish, iqlim sharoiti og‘ir hududlarda havo haroratini o‘rtacha 1,5–2°C gacha pasaytirish asosiy maqsad etib belgilandi.

Shuningdek, dendrologiya bog‘lari maqomiga ko‘ra botanika bog‘lariga tenglashtiriladi, botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etish maqsadida ajratiladigan yer maydonlari istisno tariqasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlardan ozod qilinadi. Dendrologiya bog‘lariga ham botanika bog‘lari kabi muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi beriladi.

Bundan tashqari, botanika va dendrologiya bog‘lari Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida bo‘ladi hamda umumdavlat ahamiyatiga molik, “Green University” va “yashil” texnikumlarning tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba, ilmiy hamda o‘quv maqsadlar uchun foydalaniladigan ob’ektlari hisoblanadi.

Diqqat!

Botanika va dendrologiya bog‘lari yer uchastkalarini xususiylashtirish yoki begonalashtirish, ularning hududlarini qisqartirish qat’iy taqiqlanadi. Bog‘larni loyihalash, tashkil etish va ularni ekspluatasiya qilish jarayonlarida xalqaro ekologik standartlar, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umume’tirof etilgan ekologik me’yorlar va milliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinadi.

Farmonga ko‘ra, botanika va dendrologiya bog‘lari sportchi, san’atkor, tadbirkor va boshqa tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan tashkil etilishi mumkin hamda ularda ishtirok etgan shaxslar nomi bitib qo‘yiladi (tamg‘alanadi), bog‘larni tashkil etishda moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatgan shaxslarga “mesenat” maqomi beriladi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab botanika va dendrologiya bog‘larining samarali faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida respublika hududlaridan mazkur bog‘larga “yashillik elchisi” biriktiriladi. “Yashillik elchilari” bog‘lardagi yashil hududlarning holatini muntazam monitoring qilish, aniqlangan kamchilik va muammolar to‘g‘risida mas’ul davlat organiga ma’lumot taqdim etish, ko‘kalamzorlashtirish, parvarishlash va ekologik tadbirlarda faol ishtirok etish, ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, eko bog‘larni asrash va rivojlantirish bo‘yicha mahalliy hamda xalqaro grantlar, homiylik mablag‘lari va ijtimoiy sheriklik loyihalarini jalb etishga ko‘maklashish kabi vazifalarni bajaradi.

Fakt!

2028 yil 1 noyabrga qadar botanika va dendrologiya bog‘lari hududi kamida 100 gektargacha yetkaziladi.

Bundan tashqari, O‘rmon agentligi tizimidagi “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi “Yashil bog‘larni boshqarish o‘rmon ilmiy-tadqiqot markazi” davlat muassasasiga aylantiriladi. Markaz tarkibida daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etiladi. Markaz tasarrufidagi bog‘lar va ko‘chatxonalar tashkil etish uchun biriktirilgan yer uchastkalari daraxtzorlar sifatida soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.

Farmonga asosan, “Yashil bilet” tizimi joriy qilinadi. Bu tizim samolyot, poyezd, metro va taksi yo‘nalishlarida marshrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga ta’sirini “yashil bilet” sotib olish orqali kompensasiya qilish imkonini beradi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizasiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izi hisoblanib, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini ixtiyoriy ravishda kompensasiya qilish imkoniyati yaratiladi. “Yashil bilet” olish orqali tabiatga zarar kompensasiyasidan tushgan mablag‘lar faqat daraxt ko‘chatlari ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan shaxslar rag‘batlantiriladi. Jumladan, kamida 100 ta daraxt ko‘chatlari ekkan shaxsga yoki daraxt ekish uchun “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 10 million so‘m hadya qilgan shaxsga ekofaol fuqaro maqomi beriladi. Qolaversa, kamida mingta daraxt ko‘chatlari ekilishini tashkil qilgan yoki “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 100 million so‘m hadya qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Eko-hamkor” maqomi beriladi.

Bunda tadbirkorlik sub’ektlari ushbu maqomdan o‘z faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Ellik mingdan kam bo‘lmagan daraxt ko‘chatlari ekilishini ta’minlagan yoki “Yashil xayriya jamg‘armasi” platformasiga kamida 5 milliard so‘m hadya qilgan shaxslarga “Mesenat” unvoni beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta “yashil bog‘” va “yashil jamoat parki”ni o‘z hisobidan barpo qilgan shaxslarni “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlash ko‘zda tutilgan.

Mazkur Farmon “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikada yashil maydonlarni kengaytirish, mamlakatimizning har bir viloyatida botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil qilish hamda mavjud “yashil bog‘lar”ni samarali boshqarish tizimini joriy etish orqali ularni saqlash, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini yaratish hamda mahalliy iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni ilmiy asoslangan holda yetishtirishni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.