Hamma Falastin bilan, AQSh esa Isroil bilan - Erdo‘g‘an

Hamma Falastin bilan, AQSh esa Isroil bilan -  Erdo‘g‘an

Isroil va Eron har xil gapirmoqda.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an juma namozidan keyin jurnalistlarga bergan bayonotida aytib o‘tdi, deb yozadi «Report».

Uning qayd etishicha, Tehron ham, Tel-Aviv ham turli pozisiyalarni bildirmoqda.

«AQShning ko‘plab bayonotlari bu davlat Isroil bilan ekanini ko‘rsatmoqda. Hamma Falastin bilan, AQSh esa Isroil bilan. Biz boshqacha xatti-harakatni kutmagan edik», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Eron Isroil hududiga intensiv raketa hujumlarini boshlagan edi.

Isroil kecha tunda Erondagi bir qator ob’ektlarga hujum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!