"Zolushka uchun uchta yong‘oq" filmidagi Zolushka vafot etdi

"Zolushka uchun uchta yong‘oq" filmidagi Zolushka vafot etdi

Chexiyalik aktrisa Libuse Shafrankova 69 yoshida vafot etdi.

Bu haqda uning hamkasbi, aktyor Pavel Travnichekning rafiqasi Facebookda xabar berdi.
O‘lim sababi hali noma’lum, ammo so‘nggi yillarda aktrisa saraton kasalligi bilan kurashgan.

Shafrankova Vaslav Vorlicek tomonidan suratga olingan "Zolushka uchun uchta yong‘oq" filmidagi roli tufayli shuhrat qozongan. Umuman olganda, aktrisa o‘ttizdan ortiq filmda rol o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!