Zelenskiyning fikricha, ukrainaliklar Jonsonning iste’fosi tufayli qayg‘uda

Zelenskiyning fikricha, ukrainaliklar Jonsonning iste’fosi tufayli qayg‘uda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy butun ukrainaliklar Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning iste’foga chiqqanidan qayg‘uda, deb hisoblaydi.

Bu haqda Zelenskiy Telegramda yozgan.

"Do‘stim Boris Jonson, barcha ukrainaliklar Konservativ partiya rahbari iste’foga chiqqani haqidagi xabarni afsus bilan qabul qilishdi", - dedi u.

Ukraina prezidenti Jonsonga “hal qiluvchi va murosasiz yordam uchun” minnatdorchilik bildirdi.

7 iyul kuni Boris Jonson Buyuk Britaniya bosh vaziri va mamlakat Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi.

U mamlakatning yangi bosh vaziri saylangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!