Zelenskiy Makronga minnatdorlik bildirdi

A A A
Zelenskiy Makronga minnatdorlik bildirdi

Argentinadagi inaugurasiya marosimi oldidan Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Emmanuelni frontdagi voqealar haqida xabardor qildim va unga Fransiya tomonidan ko‘rsatilgan harbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdim. Biz ustuvor ehtiyojlarimizni va Ukrainaning jangovar qudratini sezilarli darajada mustahkamlagan Fransiyaning navbatdagi mudofaa paketini muhokama qildik”, deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.

Zelenskiy, shuningdek, Makronga F-16 o‘quv dasturining ikkinchi bosqichi doirasida ukrainalik uchuvchilarni qabul qilishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Sentyabr oyi boshida Zelenskiy Makron bilan ukrainalik uchuvchilarni Fransiyada qiruvchi samolyotlarni boshqarishga o‘qitishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. Ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash AQShda ham tasdiqlangan. AQSh Mudofaa vazirligi uchuvchilarni F-16 ni boshqarish uchun o‘qitish muddati besh oydan to‘qqiz oygacha davom etishini ta’kidladi.

Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar muhimligini ta’kidladi. “Ukraina Yevropa komissiyasining barcha zarur tavsiyalarini bajardi. Yevropa kengashi qarori Ukraina jamiyati va armiyasining motivasiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi”, deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!