"Zelenskiy ko‘plab ukrainaliklarni azob-uqubatlarga duchor qildi" - Yaponiya sobiq bosh vaziri

"Zelenskiy ko‘plab ukrainaliklarni azob-uqubatlarga duchor qildi" - Yaponiya sobiq bosh vaziri

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Yociro Mori davom etayotgan mojaro tufayli Ukraina xalqi bilan sodir bo‘layotgan voqealarga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aybdor ekanini aytdi.

"Zelenskiy ko‘plab ukrainaliklarni azob-uqubatlarga duchor qildi", deb Mori so‘zlarini keltirgan The Japan Times.

U, shuningdek, yapon axborot agentliklarini Ukrainadagi mojaroni bir tomonlama yoritgani uchun tanqid qildi.

Morining aytishicha, Yaponiyaning amaldagi Bosh vaziri Fumio Kisida "bir tomonlama AQSh pozisiyasiga amal qiladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!