Zelenskiy: "Har kuni kamida ikki marta — ertalab va kechqurun men harbiylarimizdan hisobot olaman"

Zelenskiy: "Har kuni kamida ikki marta — ertalab va kechqurun men harbiylarimizdan hisobot olaman"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning an’anaviy tungi murojaatida quyidagilarni ma’lum qildi.

"Har kuni kamida ikki marta — ertalab va kechqurun men harbiylarimizdan hisobot olaman.

O‘tayotgan hafta ichida bu hisobotlarning katta qismini mudofaa operasiyamiz doirasida dushmandan ozod qilingan aholi punktlarimiz ro‘yxatlari tashkil etmoqda.

Bu, bilasizmi, shunaqa tendensiya... Kimdir yaqinda qayerdadir psevdoreferendumlar o‘tkazdi, Ukraina bayrog‘i joylarga qayta o‘rnatila boshlagach — ruslarning allaqanday qog‘ozlar vositasida qilgan maynavozchiligi, allaqanday anneksiyasini hech kim eslamaydi ham", — degan Zelenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!