Zelenskiy: "Biz Rossiya bilan, lekin Rossiyaning boshqa prezidenti bilan muloqotga tayyormiz"

Zelenskiy: "Biz Rossiya bilan, lekin Rossiyaning boshqa prezidenti bilan muloqotga tayyormiz"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat endi tezlashtirilgan tarzda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirayotganini aytdi. U Finlyandiya va Shvesiya alyansiga tezda qo‘shilishi haqida gapirdi.

NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirish qarori Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 30 sentabrdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan.

"De-fakto(aslida mavjud, ammo qonuniy tasdiqlanmagan), biz allaqachon NATOga yo‘l oldik. De-fakto, biz allaqachon alyans standartlariga o‘zaro muvofiqligini isbotladik, ular Ukraina uchun haqiqiy jang maydonida va o‘zaro hamkorligimizning barcha jabhalarida haqiqiydir", dedi Ukraina prezidenti.

"Shimoliy Atlantika Ittifoqi bu. Biz bir-birimizga ishonamiz, bir-birimizga yordam beramiz va bir-birimizni himoya qilamiz. De-fakto. Bugun Ukraina buni qonuniy qilish uchun murojaat qilmoqda. Butun hamjamiyatimizni himoya qilishdagi ahamiyatimizga mos keladigan tartibda, tezkor ravishda ariza beramiz”, - dedi Zelenskiy

"Biz ijobiy javob olishimizni bilamiz. Finlyandiya va Shvesiya bu yil a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasisiz ittifoqqa qo‘shila boshlaganini ko‘rdik", - deya qo‘shimcha qildi u.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Rossiyaga har doim teng, halol, munosib va adolatli sharoitlarda birga yashashga kelishib olishni taklif qilganini aytdi

"Ochig‘i, Rossiya prezidenti bilan kelishishning iloji yo‘q. U qadr-qimmat va halollik nimaligini bilmaydi. Shuning uchun biz Rossiya bilan, lekin Rossiyaning boshqa prezidenti bilan muloqotga tayyormiz", dedi u.

Zelinskiy Ukrainaning barcha hududlari dushmanlardan ozod qilinishini qo‘shimcha qildi. aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!