Zelenskiy: Biz Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomi bo‘yicha tarixiy qarorni kutmoqdamiz

Zelenskiy: Biz Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomi bo‘yicha tarixiy qarorni kutmoqdamiz

Prezident Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini berish bo‘yicha kutilayotgan qarori arafasida o‘zining "telefon marafoni" haqida gapirdi.

EI sammiti payshanba kuni Bryusselda boshlanadi va ittifoqning 27 davlati rahbarlari Yevrokomissiyaning Ukraina, shuningdek, Moldovaga bunday maqom berish haqidagi taklifini ma’qullashi kutilmoqda.

Zelenskiy chorshanba kuni Yevropaning 11 davlati yetakchilari bilan suhbatlashganini va ularga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. "Biz Yevropaning asosiy qarorini kutmoqdamiz. Ertaga oqshomni kutmoqdamiz", dedi Ukraina prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!