Zelenskiy Baxning g‘oyasini tanqid qildi

Zelenskiy Baxning g‘oyasini tanqid qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Baxning rossiyalik sportchilarning 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida neytral bayroq ostida ishtirok etishini istisno etmagan bayonotiga munosabat bildirdi. «Shubhasiz, rossiyalik sportchilarning har qanday neytral bayrog‘i qonga bo‘yalgan», dedi Zelenskiy 27 yanvar, juma kuni vatandoshlariga an’anaviy kechki videomurojaatida.

Ukraina rahbari Baxni Baxmutga, shunday urush ketayotganda «betaraflik yo‘qligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish» uchun taklif qildi. «Men janob Baxning bunday tashabbusni ilgari surishiga aynan nima sabab bo‘lganini tushunishni istamayman. Lekin biz dunyo sportni terrorchi davlatning siyosiy va boshqa har qanday ta’siridan himoya qilishi uchun hamma narsani qilamiz, bu muqarrar. Agar - rossiyalik sportchilar musobaqalarda va hatto Parij Olimpiadasida ishtirok etsa», - deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, «halollik marafoni» boshlanganini e’lon qildi, uning maqsadi, prezident so‘zlariga ko‘ra, «xalqaro olimpiya tuzilmalari rahbariyatini ikkiyuzlamachilikdan va Rossiya vakillarini jahon sportiga jalb qilishga qaratilgan har qanday urinishlardan tozalash».

Ikki kun avval, 25 yanvar kuni XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarga «qattiq shartlar»ga rioya qilgan holda musobaqalarda qatnashish imkoniyatini o‘rganishini ma’lum qilgandi.

2022 yil dekabr oyida Tomas Bax Ukrainadagi Rossiya urushi davom etsa ham, rossiyalik va belaruslik sportchilarga Parij Olimpiadasida qatnashish imkoniyatini bermoqchi ekanligini aytdi. Keyinchalik AQSh Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitasi rahbari Syuzanna Layons Baxning Rossiya va Belarusdan sportchilarni 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlariga taklif qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, ammo ular o‘z davlatlarining bayroqlari va ranglaridan foydalanmasligi, shuningdek, madhiyani kuylamasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!