Muhammad Saloh sobiq jamoasiga qaytishi mumkin, ammo...
«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh shu yozda «Roma»ga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli misrlik futbolchi yana Italiya poytaxtida paydo bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, u avvalroq «bo‘rilar» safida ikki mavsum davomida 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan edi. Biroq, moliyaviy shartlar tufayli bu kelishuv ancha murakkab ko‘rinmoqda: Saloh yiliga qariyb 12 million yevro «toza» maosh oladi, «Roma»da esa ish haqining yuqori chegarasi 4 million yevro etib belgilangan.
Qayd etilishicha, futbolchi Italiyaga bir mavsumlik qisqa muddatli qaytish variantini ko‘rib chiqishi va shundan so‘ng o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishi mumkin.
Shu bilan birga, ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi, shuningdek, Saudiya Pro-Ligasida Saloh uchun kurasha oladigan yagona da’vogar bo‘lib qolayotgan «Al-Qodisiya» ham futbolchiga yana qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi rasman e’lon qilingan edi.
