Zaxarova: dunyo auditoriyasi Zelenskiy chiqishlaridan charchadi

A A A
Zaxarova: dunyo auditoriyasi Zelenskiy chiqishlaridan charchadi

Rossiya TIV rasmiy vakili dunyo OAVlari Zelenskiyga haddiy ziyod e’tibor qaratib, bundan o‘zlari charchashganini ma’lum qildi.

Dunyo hamjamiyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan charchadi. Yevropa kimni himoya qilayotganini anglab yetdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Uning qiladigan ishi – intervyu berish. Aftidan, u ko‘proq e’tibor qilishlarini xohlaydi. O‘ylaymanki, janrning inqiroz davri keldi, chunki hamma maydonlar siyraklashib qolgan, u kimga intervyu berish mumkin bo‘lganlarga bir emas, ko‘p marotaba intervyu berib bo‘ldi. ‹...› Chamasi, u bu axborot populistik maydonning kengayishini istaydi, bu maydon esa yo‘q. Chunki dunyo auditoriyasi mutlaqo, yuz foiz charchadi. Qonuni shunday. Zelenskiyga haddiy ziyod e’tibor berib yuborishdi”, - dedi Zaxarova Sputnik radiosi efirida.

Diplomat Yevropada “shok fursatini” anglash vaqti kelayotganini ta’kidladi, chunki mamlakatlar aslida kim bilan ishlashayotgani va bunchalik jon-jahdlari bilan himoya qilayotganlari kim ekanini asta-sekin bilib olishmoqda.

“Menimcha, o‘zlari yaratgan narsadan – ham Zelenskiy ko‘rinishida, ham Kiyev rejimi ko‘rinishida – bu hushyor tortishlik emas, balki shok fursati kelganini anglash vaqti yetib keldi”, - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!