Zafarobod tumanida MCHJga ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Zafarobod tumanida MCHJga ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “G.b.” MCHJning yollanma ishchisi S.Q. MCHJga Zafarobod tumani hududidan ajratilgan 40 gektar suvli yer maydonini fuqaro A.ga firibgarlik yo‘li bilan har bir gektarini 5 mln so‘mdan jami 200 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 160 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!