Yurtimizga yana 356 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi

Yurtimizga yana 356 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi

Bugun tunda yurtimizga Germaniyadan COVAX doirasida 356 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi.
Bunga qadar ushbu vaksinadan yurtimizga:

17 martda 660 000 doza;

16 iyunda 50 000 doza;

14 avgustda 276 480 doza keltirilgan edi.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 22 802 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

460 000 dozasi "Sputnik V", 1 342 480 dozasi AstraZeneca, 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 600 174 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 022 789 nafarni tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!