Yurtimizga hafta o‘rtasida iliq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Yurtimizga hafta o‘rtasida iliq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida O‘zbekiston hududiga iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 22 noyabrdan boshlab va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati seshanba kuni +15...+17 daraja iliqqacha, so‘ng esa +18...+20 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda +23 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

21-22 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!