Yurtimizda Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Yurtimizda Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyatining Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi Bosh komissari Datuk Seri Azam bin Baki bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik aloqalarining amaldagi holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
va Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqotning hukukiy sohada alokalarning mustahkamlanishida yangi turtki bo‘lishini o‘zaro ta’kidladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!