Yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2492 kishiga yetdi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2492 kishiga yetdi

Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Shunday qilib Namangan viloyatida COVID-19 dan forig‘ bo‘lganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi.

Bugun yurtimizda 85 nafar fuqaro tuzalib, reabilitasiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2492 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!