Yurtimizda Ali roziyallohu anhuning qabrlari bormi?

A A A
Yurtimizda Ali roziyallohu anhuning qabrlari bormi?

Hazrat Ali roziyallohu anhu ibn Abu Tolib (600-661) Rasululloh solllalohu alayhi vasallamning jiyanlari va kuyovlari, jannat bashorati berilgan o‘n kishining biri. Ba’zi mufassirlar Qur’oni karimning Baqara surasidagi: Odamlar orasida Allohning roziligini istab, jonini beradigani ham bor. Alloh bandalarga mehribon zotdir oyati aynan hazrat Ali roziyallohu anhu haqida nozil bo‘lganini ta’kidlaganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan Ali ibn Abu Tolibning fazli haqida ko‘plab sahih rivoyatlar keltirilgan. Jumladan, Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Albatta, Ali mendandir! Men undandirman! U mendan keyin har bir mo‘minning valiysidir! , - deganlar.

Sharafli makonda tug‘ildilar

Quraysh shayxlaridan bo‘lgan Abu Tolibning ayoli Fotima Makkaga Ka’bani tavof qilish uchun borganlarida, birdan qattiq og‘riq tutib, bexosdan to‘lg‘oq tutib qoladi. Biroq atrofdagilarning ko‘zlari tushib qolishidan uyalib, Ka’baning pardapo‘shi orqasiga o‘tib, bekinib oladilar. Bir necha daqiqalar o‘tib-o‘tmay Fotima Ka’ba pardapo‘shiga o‘ralgan bolani ko‘tarib chiqadilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘ sharafli makonda, shunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan birinchi bola edi. Bundan avval ham, bundan keyin ham biror bola bunday yuksak sharafga noil bo‘lolmagan. Otalari Abu Tolib bolaning yuksak oliy bir maqomda tug‘ilish sharafiga noil bo‘lganligini ko‘rib nomlarini Ali deb qo‘yganlar.

Ali ibn Tolib ota-onalarining qo‘ynida 8 yoshga qadar tarbiya topdilar. 9 yoshga yetgan paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vassallam Ali ibn Tolibni o‘z tarbiyalariga oldilar. Hazrat Ali roziyallohu anhu u zoti muborakning tarbiyasida kamol topdilar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga kuyov bo‘ldilar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrat Alini juda yaxshi ko‘rganlar. Buning isboti o‘laroq, Payg‘ambar alayhissalomning qizlari Fotimani u zotga jufti halollikka berganlari va o‘zlarining ahli bayt lari deb ataganlarini keltirish mumkin. Bu turmushdan Hasan, Husayn, Muhassin ismli o‘g‘illar hamda Zaynab va Ummu Kulsum ismli qiz farzandlar dunyoga kelgan.

Hazrati Ali kambag‘alliklari sababli na Fotimaga va na boshqa bir ayolga uylanish to‘g‘risida fikr ham qilib ko‘rmasdilar. Kunlardan bir kuni singillari: Abu Bakr bilan Umar Rasulullohning oldilariga alohida kelib Fotimani so‘rashibdi, biroq Rasululloh rozilik bermabdilar. Mening o‘ylashimcha, Rasululloh Fotimani sizga saqlab tursalar kerak, vaqtni o‘tkazmay sovchi bo‘lib boring - dedilar. Bunga javoban Ali: Fotimaga uylanishlik uchun nimam bor? Rasululloh menga Fotimani berishlari mumkinligini kim aytdi , dedilar. Shunda singillari: Men buni o‘zim sezib yuribman, siz tez boravering , dedilar. Shundan so‘ng, hazrat Ali Rasulullohning uylariga bordilar va duduqlana-duduqlana: Fotimani bir eslab keluvdim , dedilar. Rasululloh u kishiga boqib: Xush kelibsiz dedilar, xolos. Ali esa Rasulullohning ishlaridan hayratga tushib qaytib ketaverdilar. Mehribon ota qizlarining yonlariga borib tabassum ila boqib: Ey Fotima, sizni haqiqatda Alloh hamda uning Rasuli erga beryapti , deganlarida, Fotima: Unday bo‘lsa, men Alloh va Rasuli buyurgan kishini qabul qilaman , dedilar. Shundan keyin Rasululloh Alini chaqirtirib kelib: Biror narsangiz bormi? deb so‘radilar. Ali esa Qalqonimdan o‘zga hech narsam yo‘q , dedilar. Bo‘lmasa qalqoningizni sotib keling deb buyurdilar. Ali qalqonlarini sotib, pulini Rasulullohning oldilariga qo‘ydilar. Rasululloh puldan bir necha tangani olib bozordan atir-upa, kelinchakka taqinchoqlar sotib olib keltirdilar.

Shahidlik martabasi

Xorijiylar dan bo‘lgan Shom xalifasi Abdurahmon ibn Muljam Ali roziyallohu anhuni o‘ldirgani Qufaga keladi. U yerda Vardon ismli odam bilan kelishib olib, tongda masjidga kiradi va hazrat Ali kiradigan eshiklarning yoniga kelib o‘tiradi. Hazrat Ali tonggi namozga eshikdan kirayotgan vaqtlarida Vardon zaharlangan qilich bilan zarba beradi. Ali roziyallohu anhu eshikni yondarasiga ag‘darilib tushadilar.

Ibn Muljamni tutib, bog‘lab qo‘yadilar. Hazrati Ali keyin odamlarga qarab: Menga qaranglar, mana shu zarba sababli, men o‘lsam uni xuddi shunday zarba bilan o‘ldiringlar. Zero, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qiynab o‘ldirishdan saqlaninglar, agarda quturgan it bo‘lsa ham deganlarini eshitganman , dedilar.

Shundan keyin to jonlari jasadlaridan chiqqunga qadar Allohning zikrida bo‘lib turdilar. Vafot bo‘lganlaridan keyin u janobni o‘g‘illari imom Hasan va Husayn roziyallohu anhular hamda amakivachchalari Abdulloh ibn Ja’far yuvdilar, keyin kafanladilar.

Hazrat Alining muborak qabrlari qayerda?

Hazrat Alining qabrlari qayerda? degan savol ko‘p asrlar sirliligacha qolib keldi. Hazrati Ali vafotidan so‘ng, uning tarafkashlari ul zot dafn etilgach, qabrlariga zarar yetishidan saqlanib, yana uchta tobut tayyorlaganlar. Ulardan biri Makkaga, biri Madinaga va Quddusga yuborilgan. Asl qabr joyi esa sir tutilgan. Bu sirdan faqatgina Payg‘ambar avlodi vakillari va ularning yaqinlarigina voqif bo‘lishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hazrat Alining vasiyatiga binoan uning jasadi dastlab Bag‘dod yaqinidagi Najaf shahrida dafn etilgan. Temur tuzuklari da Amir Temur hukmronligi davrida hazrat Alining Najafdagi mozoriga alohida e’tibor berilganligi bayon etilgan.

Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, Umaviylar sulolasi (660-750) davrida hazrat Alining avlodlariga hurmatsizlik ko‘rsatilgan. O‘sha vaqtda xurosonlik sarkarda Abu Muslimga hazrat Alining tobutini Balxga eltib, u yerga vaqtincha dafn etish vazifasi topshiriladi. Alining jasadlari solingan sandiq kechasi tuyaga ortilib, Balxga olib boriladi va Hayron degan qishloqda, sandiq ustiga haqiqat yozilgan bir lavhani qo‘yib yashirincha ko‘madilar. Biroq Abu Muslim bu voqeani ommaga e’lon qilishga ulgurmasidan o‘ldiriladi. Shu tariqa jasadning Balxda ekani maxfiy qoladi.

Afg‘onistondami Iroqdami?

Bugungi kunda Afg‘onistonning Balx viloyati Mozori Sharif shahrida moviy masjid yoki Hazrat Ali maqbarasi bor.

Rivoyatlarga ko‘ra, Balxda hazrat Alining qabri tasodifan aniqlangan. Hayron qishloq aholisi yerga ishlov berish ishlari mobaynida g‘ishtin qabrga duch keladi. Unda Qur’on, qilich va umuman chirimagan Hazrati Alining jasadi bo‘lgan. O‘sha vaqtda saljuqiylar saltanatini boshqargan Sanjar qabr ustida maqbara qurdirgan. XIII asrda manfur Chingizxon bostirib kelgan vaqtda qabr ko‘mib yuborilgan. XV asrga kelib, maqbara qayta ochilgan. O‘shanda temuriylar avlodidan bo‘lgan shoh va shoir Husayn Boyqaro maqbara ustida hozirda ham qad ko‘tarib turgan masjidni qurdirgan. Masjidning gumbazlari moviy rangda bo‘lgani bois u xalq orasida Moviy masjid deb atalgan.

Tarixiy manbalarda Balxdagi Hazrat Ali maqbarasining bosh me’mori mashhur shoir, tarixnavis, musiqashunos Kamoliddin Binoiy bo‘lgani qayd etilgan. Keyinchalik hazrat Ali mozori joylashgan qishloq katta shahar qiyofasini oldi va hazrat Ali sharafiga Mozori Sharif deya yuritila boshladi.

Boshqa manbalarda esa Hazrat Alining qabrlari Bag‘dod (Abbosiylar) halifasi Horun ar-Rashid boshqaruvi davrida (786-809) ochiqlangani qayd etiladi. Qayd etilishicha, bir kuni halifa Kufa yaqiniga ovga chiqadi. Itlar bir necha jayronlar ortidan quva ketadi. Jayronlar esa bir tepalikka chiqib ketadi. Itlar ular izidan tepalikka chiqishmoqchi bo‘lishganida qandaydir kuch ularni to‘xtatib qolaveradi. Jayronlar pastlikka tushishganida itlar yana quvlaydi. Jayronlar yana tepalikka qarab qochadi. Bu uch marta takrorlanadi. Xorun buni ko‘rib hayron bo‘ladi va mahalliy aholidan buning sirini bilishga qiziqadi. Shu yaqin atrofda yashovchi bir qariyani keltirishadi, u Horunning savollariga shunday javob beradi: Ota-bobolarimizning aytishicha, bu tepalikka Ali ibn Abu Tolib ko‘milgan. Shuning uchun Alloh bu joyni boshpanasizlar uchun panoh bo‘ladigan joyga aylantirgan. Bu yerga kelganlar himoyada bo‘ladi .

Horun bu gapni eshitib, bu yerda Allohga ibodat qiladi. So‘ng maqbara qurdiradi. Tarixchi Ibn Kasir fikriga ko‘ra, hazrat Ali Kufa shahri (Iroq)dagi Dorul-Xilofa qabristoniga dafn qilinganlar.

Hazrat Ali Shohimardonga kelganmi?

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidagi qishloq Shohimardonda ham hazrati Alining ramziy maqbarasi bor. Shohimardon atamasining kelib chiqishi ham mardlar shohi , to‘rtinchi xalifa hazrati Ali nomi bilan bog‘lanadi. Mahalliy afsonalarga ko‘ra, hazrati Ali tez-tez Shohimardonga kelganlar va shu yerga dafn etilganlar. Hazrati Alining qabri to‘rt tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, ikki daryo tutashgan joyda joylashgan emish. Lekin bu afsonalar ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

Qishloq markazidagi ushbu ramziy maqbaraga mahalliy aholi orasida Sherdargoh pirim deya e’tiqod qiladiganlar ko‘p topiladi. Hazrati Ali o‘zining jasorati va dovyurakligi bilan nom qozongandi. Shuning uchun uni haydar (sher) deyishardi. Asadulloh , ya’ni, Allohning sheri deb ham atashadi. Maqbarada sher bilan bog‘liq naqshlar, tasvirlar bor.

Avliyo buloq va duldul ot

Toshkent viloyatining Parkent tumani hududidagi Kumushkon ziyoratgohi ham hazrat Ali nomi bilan bog‘lanadi. Bu yerda azim chinor bo‘lib, uning atrofidan buloq ko‘z ochgan. Afsonalarga ko‘ra, hazrat Ali shu yerda ibodat oldidan tahorat olmoqchi bo‘lganlarida Allohdan buloq paydo qilishini so‘raganlar. Yana bir afsonaga ko‘ra, Avliyo buloq deb ataladigan ushbu buloqdan Hazrat Ali o‘zining Duldul laqabli otlarini sug‘organlar. 2010 yilda chinor yonida masjid qurilgan.

Navoiy viloyatining nurota tumani hududida ham hazrati Aliga nisbat beriladigan ziyoratgoh bor. Lekin yuqoridagi ma’lumotlar ko‘rsatib turibdiki, Hazrati Ali bizning diyorimizga qadam bosmaganlar. Ammo, ul zot bilan bog‘liq yurtimizning turli hududlarida bir qator zxiyoratgohdlar mavjudligi, xalq orasida afsona va rivoyatlarning shoyonligi ajdodlarimiz ham bu ulug‘ zotga juda katta ehtirom bilan qaraganlarini ko‘rsatadi.

Shu bois, Hazrati Alining muborak nomlari bilan bog‘liq ziyoratgohlarga safar qilishdan avval ul zotning hayotlari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lish ziyon qilmaydi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Украина жиддий молиявий қийинчиликларга дуч келмоқда ва яқин йилларда кенг кўламли ташқи ёрдамга муҳтож, деб ёзади AP.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.