O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ishga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni mehnat migrasiyasi kanalini tanlashda o‘ta hushyor bo‘lishga chaqirdi.
Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda Elchixonaning konsullik bo‘limiga Xorvatiya va Serbiya hududida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, insofsiz ish beruvchilar tomonidan eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar aniqlandi:
ish haqining muntazam ravishda to‘lanmasligi yoki uzoq muddatga kechiktirilishi;
vaqtinchalik yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar olishdagi muammolar;
hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish bo‘yicha to‘langan xizmatlar uchun takroriy (“ikki karra” va “uch karra”) yig‘imlar;
ish berishni rad etish va qo‘shimcha to‘lovlarni rad etgan taqdirda deportasiya qilish bilan tahdid qilish;
noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni o‘ylab topilgan bahonalar bilan to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish.
Elchixona o‘z fuqarolarining huquqlarini faol himoya qilib, qoidabuzar ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borgan. Xorvatiya vakolatli organlariga rasmiy notalar yuborib, fuqarolarga sud va ma’muriy jarayonlarda hamrohlik qilgan.
Shu bilan birga, muammolarning katta qismi noqonuniy vositachilar orqali chet elga chiqish va ishga joylashishning dastlab noqonuniy yoki yarim qonuniy kanallari tufayli yuzaga keladi.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga quyidagilarni tavsiya qildi:
Xorvatiya va Serbiyaga ishlash uchun faqat O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining amaldagi lisenziyasiga ega bo‘lgan lisenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali chiqish;
tegishli lisenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar yoki firmalarga pul o‘tkazmaslik;
keyinchalik noqonuniy ishga joylashish maqsadida turistik, mehmon vizasi yoki boshqa ishchi bo‘lmagan vizalar bilan chiqmaslik. Bunday huquqbuzarlik ma’muriy chiqarib yuborish, 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Shengen hududiga kirishni taqiqlash va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin;
mehnat shartnomasini imzolashdan oldin uni o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilishni talab qilish va barcha shartlarni, ayniqsa ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olishga taalluqli shartlarni diqqat bilan o‘rganib chiqish;
har qanday muammolar (ish haqini kechiktirish, tahdidlar, noqonuniy yig‘imlar va boshqalar) yuzaga kelganda darhol O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi Elchixonasi konsullik bo‘limiga shoshilinch aloqa telefonlari (+36 304 362 636) yoki rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan messenjerlar orqali murojaat qilish.
Elchixona barcha fuqarolarni mehnat migrasiyasi kanalini tanlashda maksimal darajada hushyor bo‘lishga chaqiradi. Faqat qonuniy ishga joylashish sizning huquqlaringiz va qonuniy manfaatlaringizni chet elda himoya qilishni kafolatlaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.