Germaniyada dizel va benzin narxi tushib ketdi
Germaniyada yoqilg‘i narxi ketma-ket uchinchi yil pasaymoqda, deb xabar beradi DW.
ADAC tashkilotining prognoziga ko‘ra, benzinning o‘rtacha yillik narxi bir litrga 1,69 yevrogacha pasayadi, bu 2024 yilga nisbatan besh sentga arzonroqdir.
Dizelning o‘rtacha narxi bir litrga 1,61 yevrogacha tushib ketdi, bu o‘tgan yilga nisbatan to‘rt sentga arzon.
“Narxlar tushib ketganiga qaramay, yonilg‘i quyish hali ham nisbatan qimmat”, — dedi ADAC yoqilg‘i bozori eksperti Kristian Laberer ARD telekanalining Tagesschau dasturiga bergan intervyusida.
Benzin narxiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil bu neft narxidir. Neft ishlab chiqarishning kamayishi bilan taklif kamayadi, bu esa narxlarning oshishiga olib keladi.
Labererning fikricha, qisqa muddatda narxlarning keskin oshishi uchun hech qanday sabab yo‘q – jahon iqtisodiyotining zaifligi tufayli talab past.
Germaniyada yoqilg‘i narxlaridagi mintaqaviy farqlar saqlanib qolmoqda: mamlakat g‘arbida yoqilg‘i sharqiga qaraganda ancha arzon.
