Yuridik texnikumlarda o‘qish muddati qancha?

Yuridik texnikumlarda o‘qish muddati qancha?

🏛 Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan. 

🔰 Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: 
➖ davlat huquqiy faoliyat;
➖ yuridik xizmat; 
➖ sud-huquqiy faoliyat. 

➡️ Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

🌐 O‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

🗂 Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1 avgustidan 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

🔖  Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

📚 Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi. 

🌐 Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi. 

🧾 Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

🗓 O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!