Yunusobodda 1 tup safora daraxti ildiz qismi bilan olib tashlangan

Yunusobodda 1 tup safora daraxti ildiz qismi bilan olib tashlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bir guruh niqobli shaxslar tomonidan daraxtlar davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida qo‘porib olinayotgani tasvirlangan videoxabar tarqaldi.

Videoda bir ayol va erkak noma’lum shaxslarga gapirgani, tasvirga olish boshlanganidan so‘ng esa mazkur shaxslarning qochib ketganini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanining Mingchinor mahallasi hududidagi ko‘p qavatli 16-uyning orqa qismida 1 tup safora daraxti ildiz qismi bilan olib tashlangan. Shundan so‘ng tegishli soha mutaxassislari tomonidan daraxtga agrotexnik qoidalarga asoslangan holda ishlov berilgan. Biologik o‘g‘itlar bilan to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda o‘z o‘rniga qayta ekilgan.

Ushbu qonunbuzilishi holatini sodir etgan huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlari tomonodan tegishli tartibda ishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!