Yozyovonda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Yozyovonda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “R.” xususiy firmasi rahbari N.CH. korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Yozyovon tumani hududidan ajratilgan 23 sotix yer maydonini fuqaro M.ga 15 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, 10 000 AQSh dollari va 55 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!