Yondosh kasaliklari bor odam kovidga qarshi vaksina olsa ahvoli og‘irlashmaydimi?

Yondosh kasaliklari bor odam kovidga qarshi vaksina olsa ahvoli og‘irlashmaydimi?

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:

➖Agar surunkali kasallik avj olgan davr yoki o‘rta yosh aholida surunkali kasallik endi aniqlangan va boshlanish davri bo‘lsa, shu kasallik borasida tekshiruvdan o‘tish va shifokor nazoratida davolanish kerak. Kasallik avj olgan davri o‘tganidan so‘ng vaksina olishga qarshiliklar yo‘q deb shifokorlar tashxis qo‘ysalar, keyin vaksina qilinadi.

Mastopatiya va mioma, buyrakda shamollash alomatlari mavjudligida umumiy peshob tahlili asosida cheklanishlar belgilanadi. Oilaviy shifokor hamda ginekolog, mammolog, nefrologlar ko‘rigidan o‘tib, salomatlik holatingiz to‘liq baholanganda va shifokorlar umumiy xulosasi asosida vaksina olishingiz mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!