Yomg‘irdan so‘ng: Avstraliyada millionlab o‘rgimchaklar to‘r to‘qidi (+foto)

Yomg‘irdan so‘ng: Avstraliyada millionlab o‘rgimchaklar to‘r to‘qidi (+foto)

Iyun o‘rtalarida Avstraliyaning Viktoriya shtatida o‘tlar, daraxtlar, yo‘l bo‘ylari va yo‘l belgilarini qoplagan bir necha kilometrlab o‘rgimchak to‘rlari paydo bo‘ldi. Meduza’ning yozishicha, o‘rgimchaklar shu orqali suv toshqinlaridan o‘zlarini evakuasiya qilmoqda.

Yomg‘irdan so‘ng: Avstraliyada millionlab o‘rgimchaklar to‘r to‘qidi (+foto)

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rgimchak to‘rlari bilan butun Viktoriya shtati, jumladan, ko‘l va botqoqlar ham qoplangan. Ayrim joylarda o‘rgimchak to‘rining uzunligi bir kilometrdan oshadi. «Aql bovar qilib bo‘lmaydi. Ular yo‘l belgilari va atrofdagi barcha narsani qoplaganida qo‘rqinchli ko‘rinish oladi. Suratlarda bu ko‘rinmaydi, ammo hamma joyni o‘rgimchak bosgan. Ming-minglab o‘rgimchaklar», — deydi Seyl shahrida istiqomat qiluvchi Jena Bison ismli ayol.

Melburn muzeyining entomologiya bo‘yicha katta kuratori doktor Ken Rokenning hisoblashicha, aslida o‘rgimchak to‘rlarini millionlab o‘rgimchaklar to‘qigan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi holat Avstraliyada yog‘ingarchiliklardan so‘ng tez-tez uchrab turadi. Mahalliy kengash a’zosi Kerolin Krosslining aytishicha, u oldin ham bunaqa narsalarni ko‘rgan, biroq bu kabi keng ko‘lamda emas. «Bu qo‘rqinchli emas, balki ajoyib. Barcha narsa ushbu chiroyli o‘rgimchak to‘ri bilan qoplangan edi — daraxtlar va butalar ham», — deydi u.

Yomg‘irdan so‘ng: Avstraliyada millionlab o‘rgimchaklar to‘r to‘qidi (+foto)

O‘rgimchaklar ipak tolalarni turli maqsadlar, jumladan, «havo orqali suzish» uchun ham ajratadi. Doktor Ken Rokenning aytishicha, ular bu kabi iplar yordamida shamolda havoga ko‘tariladi va 100 kilometr uzoqlikka ko‘cha oladi.

Yomg‘irdan so‘ng: Avstraliyada millionlab o‘rgimchaklar to‘r to‘qidi (+foto)

Mazkur holatda esa o‘rgimchaklar qochish niyatiga bo‘lmagan, balki yong‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlaridan himoya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!