Yog‘ingarchilik tufayli Namangan viloyatida test sinovlari kech boshlandi

Yog‘ingarchilik tufayli Namangan viloyatida test sinovlari kech boshlandi

10-avgust kuni 1-smenada Namangan viloyatidan tashqari barcha hududlarda test sinovi 07:00 da boshlandi.

Namangan viloyatida tinimsiz yomg‘ir yog‘ganligi sababli abituriyentlar barcha tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda usti yopiq, yomg‘irdan himoyanlangan joylarga joylashtirib turildi.

Yog‘ingarchilik tinishi bilan abituriyentlar o‘z joylariga joylashtirilib, quyidagi vaqtlarda test sinovi boshlandi:

Barkamol avlod sport majmuasi (1-sektor)da — 08:13 da;

Dinamo stadioni (2-sektor)da — 08:20 da;

Navbahor-Umid stadioni (3-sektor)da — 08:00 da.

Barcha hududlardagi test sinovlari boshlangan vaqtdan boshlab to‘liq 3 soat davom yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!