Yilning eng yaxshi arxitekturaviy loyihasi ma’lum qilindi

Yilning eng yaxshi arxitekturaviy loyihasi ma’lum qilindi

Budapeshtdagi etnografik muzey ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro mukofot International Property Awards talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi arxitekturaviy loyihasi deb topildi.

Ushbu muzeydan tashqari, mukofotga 115 davlatdan 1,7 mingdan ko‘proq loyiha da’vogarlik qilgan.

Hakamlar hay’ati muzeyni loyihalagan venger arxitektura studiyasi ishini yuqori baholab, binoning shiddatli, ammo sodda dizayni hamda u joylashgan bog‘ bilan uyg‘unligini qayd qilib o‘tishgan. Binoning yana bir ustunligi uning 60 foizi yer ostida joylashgani bo‘lib, bu uni atrof-muhitga yanada moslashtirish imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, muzey qurilishi va u joylashgan bog‘ rekonstruksiyasi 2017 yilda boshlangan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!