Yig‘ilishda shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish tizimi to‘liq o‘zgarishi ta’kidlandi

Yig‘ilishda shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish tizimi to‘liq o‘zgarishi ta’kidlandi

Yig‘ilishda shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish tizimi to‘liq o‘zgarishi ta’kidlandi. Endilikda:

- xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan loyihalarga Texnik kengash xulosasini olish tartibi bekor qilinadi;

- xalqaro standartlar asosida xorijda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi;

- shaharsozlik normalari va qoidalari kamida 2 baravarga qisqaradi hamda xalqaro me’yorlarga moslashtiriladi;

- shaharsozlik normalari va qoidalari har 3-4 yilda yangilanadi (amalda 7-8 yil).

Qurilishda tovarlar va xizmatlar narxlarini shakllantirish tizimi ham tartibga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, investisiya dasturi doirasida aynan bir xil ob’ekt uchun qurilish qiymati turlicha belgilanmoqda. Yoki, qurilishda ishlarni baholashga bo‘lgan yagona yondashuv yo‘q. Buning oqibatida, talon-torojlik va korrupsiya uchun sharoit yaratilmoqda.

Masalan, temir-beton ishlari uchun 6 xil hisob-kitob usuli mavjud bo‘lib, narxdagi tafovut ham shunchaga farq qiladi.
Endilikda:

- shaharsozlik normalaridan qurilish ishlarini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan 147 ta norma chiqarib tashlanadi;

- “Qurilish resurslari klassifikatori” platformasi ishga tushirilib, 100 mingdan ziyod qurilish materiallari va xizmatlarining bozor narxi shakllantiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!