Yashnobodda qalbaki AQSh dollarini bankomat orqali so‘mga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi

Yashnobodda qalbaki AQSh dollarini bankomat orqali so‘mga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan AITB “Ipak yo‘li bank” Amaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.F. va boshqalar ushbu bank filialiga tegishli Parkent ko‘chasida joylashgan bankomat orqali qalbaki 2 000 AQSh dollarini so‘mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!