Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgan bir sharoitda Isroil AQShdan qo‘shimcha qurollar so‘radi — Bloomberg

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgan bir sharoitda Isroil AQShdan qo‘shimcha qurollar so‘radi — Bloomberg

Agentlikning yozishicha, Isroil Vashingtondan G‘azo sektoridagi urush va Eron bilan kuchayib borayotgan ziddiyat fonida ko‘proq tank snaryadlari va harbiy mashinalar berishni so‘ragan.

The Wall Street Journal gazetasi amerikalik rasmiylarga tayanib, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroilga 1 milliard dollardan ortiq qiymatdagi qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan. Bu Isroil G‘azo sektoridagi operasiya boshlanganidan beri eng katta yordam va Eron bilan ziddiyat kuchayganidan beri birinchi yordam paketi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!