Yaponiyaning Kobe shahridagi yong‘in oqibatida odamlar halok bo‘ldi

Yaponiyaning Kobe shahridagi yong‘in oqibatida odamlar halok bo‘ldi

Yaponiyaning Kobe shahridagi turar-joy majmuasida 22 yanvar, yakshanbaga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lib, 4 kishi halok bo‘ldi.

Yana to‘rt nafari hushidan ketib, og‘ir ahvolda, deb xabar bermoqda NHK. Barcha to‘rt qurbonning jasadi uch qavatli binoning birinchi qavatidan topilgan.

“Yong‘in boshlangan binoning birinchi qavatida ko‘plab nogironlar yashaganligi haqida ma’lumotlar bor”, — deyiladi xabarda.

Yong‘in uch soatdan keyin o‘chirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!