Yaponiyada kuchli yomg‘irlar davomida 18 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada kuchli yomg‘irlar davomida 18 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyaning janubi-g‘arbida kuchli yomg‘irlar davomida 18 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi bedarak yo‘qoldi, bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, qurbonlarning ko‘pchiligi Kumamura posyolkasidagi qariyalar uyida yashagan bo‘lib, qariyalar uyi daryoning toshishi oqibatida suv ostida qolgan. Voqea joyiga kelgan qutqaruvchilar 14 kishining jasadini chiqarib olishgan.

Kumamoto va Kagosima prefekturalaridagi 200 mingga yaqin odamga evakuasiyalanish tavsiya qilingan. Kuchli yomg‘irlar daryolarning toshishiga, ko‘chkilar va katta hududlarning suv ostida qolishiga olib kelgan. Tabiiy ofat Kumamotoda 6 mingdan ko‘proq uyni elektr ta’minotisiz qoldirgan.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tabiiy ofat hududiga 10 mingga yaqin harbiy jo‘natgan. Ular mahalliy qutqaruvchilarga yordam ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!