Yangiyo‘lda xotira byustiga hurmatsizlik qilgan bolalarning ota-onasi jarimaga tortildi

Yangiyo‘lda xotira byustiga hurmatsizlik qilgan bolalarning ota-onasi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bolalarning xotira byustiga nisbatan g‘ayriijtimoiy harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Joriy yilning 28 may kuni Yangiyo‘l tumanida 27-maktabning 3 nafar 6-sinf o‘quvchilari tuman markazida joylashgan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan birini urib, noo‘rin harakatlar qilgan. So‘ng ushbu holat videosini Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganlar. Video internet foydalanuvchilari orasida ko‘plab e’tiroz va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘quvchilar, ularning ota-onasi, maktab va mahalla mas’ullari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarga nafaqat Yangiyo‘l tumani, balki viloyat faxri bo‘lgan bunday shaxslar xotirasiga hurmatsizlik qilish ham noto‘g‘ri ekanligi tushuntirildi.

Ushbu holatda shaxslar voyaga yetmaganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan ularning ota-onalariga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!