Yangilanayotgan Konstitusiya: parlamentning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilmoqda

Yangilanayotgan Konstitusiya: parlamentning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kuchaytirilmoqda

Oliy Majlisning jamiyat hayotidagi o‘rni, roli va ta’sirini kuchaytirish maqsadida prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda. Xususan, Bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin prezident tomonidan tayinlanish, shuningdek monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarini Senat tomonidan saylash amaliyoti joriy etilmoqda.

Maxsus xizmatlar faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida DXX rahbarligiga nomzod avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin prezident tomonidan tayinlanishi tartibi joriy etilmoqda.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimi kiritilmoqda.

Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham kuchaytirilib, parlament nazoratining muhim shakli bo‘lgan parlament tekshiruvi instituti Konstitusiyada alohida mustahkamlab qo‘yilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!