Yangi Zelandiya orolida 7 magnitudali zilzila yuz berdi

Yangi Zelandiyaning Kermadek orollarida payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:56 da 7,0 magnitudali zilzila qayd etildi.
Gavayi orollarida sunami bo‘lishidan ogohlantiruvchi Tinch okeani markazi «Kermadek orollarining ayrim qirg‘oqlarida 0,3-1 m balandlikdagi sunami bo‘lishi mumkinligini» aytdi.
Mamlakat favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligiga ko‘ra, kuchli zilziladan keyin Yangi Zelandiyada sunami xavfi yo‘q.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)