Yangi O‘zbekistonning Konstitusiyasi – erkin va farovon hayot garovi

Yangi O‘zbekistonning Konstitusiyasi – erkin va farovon hayot garovi

Joriy yil mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayrami «Konstitusiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» degan bosh g‘oya asosida nishonlanmoqda.

Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida izchil davom etayotgan strategik islohotlarning huquqiy asosini mustahkamlash va bu borada samarali natijalarga erishishda yangilangan Konstitusiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Inson qadri – yangi tahrirdagi Konstitusiyaning bosh g‘oyasidir

Yurtimizda barcha islohotlar “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. Bugungi O‘zbekistonda eng ulug‘ g‘oya — inson qadrini yuksaltirishdir. Bu so‘zlar shior emas, balki Asosiy Qonunimizda o‘z ifodasini topgan, kundalik hayotimizda namoyon bo‘layotgan haqiqatdir.

So‘nggi yillarda odamlarning haq-huquqini himoya qilish, ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash, daromadini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi.

Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratish va imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Mamlakatimiz Konstitusiyasining 1-moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilangan. Davlatimiz Rahbari 2022 yil 20 iyunda Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy qomusimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkamlash g‘oyasini ilgari surgan edi.

O‘z navbatida, davlatimiz Rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida bu g‘oya yanada mustahkamlanib, ijtimoiy davlatni barpo etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan edi.

O‘zbekistondagi strategik islohotlar “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida amalga oshirilishi, ijtimoiy adolatni ta’minlash, ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish orqali haqiqiy ijtimoiy davlat barpo etish yo‘lidagi mamlakatimizning qat’iy pozisiyasi eng avvalo, Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Ijtimoiy davlat – bu har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga erishish, ijtimoiy tafovutlarni yumshatish va muhtojlarga yordam berish uchun ijtimoiy adolat tamoyillariga muvofiq moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga qaratilgan davlat modelidir.

Bunday model hozirgi vaqtda dunyoning bar qator yetakchi rivojlangan davlatlarida, xususan, Yevropa mamlakatlarida, AQSh va Yaponiyada davlatning ijtimoiy maqomi sifatida Konstitusiyalar darajasida mustahkamlangan.

Mamlakatimizning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomi yangilangan Asosiy qonunimizga ilk bora kiritildi hamda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ehtiyojmand aholining ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan yangicha siyosat ijtimoiy davlatning tub zamini yaratilayotganidan dalolat beradi. Davlat byudjeti mablag‘larining ellik foizdan ortig‘i ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilayotgani ham buni yaqqol isbotlaydi.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomi rasman e’lon qilinib, davlatning har bir fuqarosiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati qonuniy asosga ega bo‘lgani ijtimoiy himoya tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish va uning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratdi. Yurtimizda ijtimoiy himoya borasida shakllanib borayotgan yangicha yondashuv va tizim jamiyatning quyi ijtimoiy bo‘g‘ini bo‘lgan mahalladan boshlab, har bir xonadon va oilani qamrab oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston o‘zining yangi taraqqiyot bosqichida, adolatli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish borasida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda:

– inson kapitalini yanada rivojlantirish, shu maqsadda ta’lim
va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish;

– yangi uy-joylar qurish, aholini toza ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash;

– aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, nogironligi bo‘lgan shaxslarni “iste’mol savatchasi” ta’rifi asosida manzilli qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini muntazam oshirib borish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish.

Bu borada qator ijobiy tashabbuslar amalga oshirildi. Aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish masalalari har yili qabul qilinayotgan qonunlar va Davlat dasturlarida ustuvor vazifalar sifatida belgilanmoqda.

Birinchidan, yangi tahrirdagi Konstitusiyada inson qadrini yanada ulug‘lash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlatning konstitusiyaviy majburiyatlari 3 barobar ko‘paytirildi. Xususan, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.

Ikkinchidan, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy yordamning yangi va samarali mexanizmlari joriy etildi. Bu haqda gap ketganda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni, ularga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash lozim.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, birgina 2024 yilda O‘zbekistonda «Yoshlar daftari» orqali 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Buning natijasida ishsiz yoshlar 2 karra kamayib, ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

Uchinchidan, islohotlar jamiyatning eng quyi bo‘g‘inigacha tushirilib, “mahallabay” ishlash tizimi joriy etildi. Buning natijasida yurtimizdagi mavjud 9008 ta mahallada kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish uchun mas’ul bo‘lgan hokim yordamchilari, yoshlar yetkachisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy etildi.

Mahallalarni obod qilish, odamlar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish va tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga har yili 2,5-3 milliard dollar yo‘naltirilmoqda.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida keyingi yillarda mahalla instituti isloh qilinishi, mahallada “ettilik” tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensasiya, moddiy yordam ajratish kabi
100 dan ziyod xizmatlar mahalla darajasiga tushirilgani hisobiga
7,5 million fuqaro kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik darajasi 2 barobar qisqardi. Shuningdek, 3,5 ming mahalla qiyofasi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

To‘rtinchidan, aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Bu borada, ijtimoiy yordamning aniq, maqsadli va manzilliligini ta’minlashga qaratilgan yangicha yondashuv va mexanizmlar joriy qilindi.

Xususan, Prezidentimizning 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.

Konstitusiyamizda mustahkamlangan “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilini asosida ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida barcha hududlarda “Inson” markazlari” ochilib, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallalarning o‘zida ko‘ratish yo‘lga qo‘yildi.

Birgina raqamlarga e’tibor qaratidigan bo‘lsak, 2016 yilda ijtimoiy himoyaga byudjetdan 2 trillion so‘m sarflangan bo‘lsa,
2024 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 9,8 barobar oshib, 20,3 trillion so‘mga yetdi. Buning natijasida, 2 milliondan ortiq oila ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olindi. Aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida oxirgi 2 yilda 47 ta qonunchilik hujjati, jumladan, 3 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta farmoni va 12 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 26 ta qarori qabul qilindi.

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Eng muhimi aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi tizim hamda zarur huquqiy asoslar yaratilganini va mamlakatda kambag‘allik muammosi ilk bor tan olinib, amalga oshirilgan islohotlar natijasida oxirgi yillarda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishilganini e’tirof etish lozim.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurash borasida erishilgan ijobiy natijalar davlatning barcha fuqarolar uchun munosib hayot va imkoniyatlarni ta’minlashga erishish yo‘lidagi qat’iyatidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning kambag‘allikka qarshi kurash yo‘lidagi ijobiy natijalari xalqaro mutaxassislar tomonidan ham tan olinmoqda. Xususan, Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Abxijit Banerji ushbu jarayonni sharhlar ekan: “O‘zbekistonning kambag‘allikka qarshi kurashga bo‘lgan yondashuvining asosiy jihati – uning yuqori manzilliligi va individual xususiyatini” alohida ta’kidlab, “O‘zbekistonda mahallabay ishlash tizimi har bir muhtoj oilani kambag‘allikdan chiqarishning o‘ziga xos reseptiga ega” ekanligini qayd etdi.

Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) direktori Sabina Alkayrning quyidagi fikrlari ham alohida e’tiborga loyiq: “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq vaziyat haqida gapiradigan bo‘lsak – biz vazifasi kambag‘allikni qisqartirishdan iborat bo‘lgan odamlarni bugundanoq tabriklashimiz mumkin – ular buning uddasidan chiqib, odamlar hayotini o‘zgartirishga erishdilar”.

Albatta, qisqa muddatda bunday natijalarga erishish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sgani, joriy yil yakuni bilan aholi jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetishi bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi maqsadlarga erishish uchun yettita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirmoqda. Bu boradagi provard maqsadkambag‘al aholini shunchaki ishga joylashtirish emas, balki doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirib, odamlar barqaror daromad manbasiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Shu maqsadda, faol investisiya siyosati tufayli joriy yilning o‘zida 35 milliard dollar sarmoya evaziga 9 mingdan ortiq yangi korxona, 300 mingga yaqin yuqori daromadli ish o‘rni tashkil etilmoqda.

Qulay ishbilarmonlik muhiti hisobiga o‘tgan sakkiz yilda 700 ming tadbirkor o‘zining barqaror biznesiga ega bo‘ldi. Davlat tomonidan biznesga qulay sharoit yaratib berilishi natijasida, tadbirkorlar ham o‘ziga ijtimoiy mas’uliyat olib, ehtiyojmand aholini ishli va daromadli qilishda ko‘makchi bo‘lmoqda. Mana shunday samarali hamkorlik tufayli shu yilning o‘zida 270 mingdan ziyod kambag‘al oila a’zosi doimiy ishli bo‘ldi.

Mamlakatimiz kelgusi yillarda ham kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha ham katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ymoqda. Xususan, kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizdan kamaytirish, buning uchun 2026 yilda iqtisodiyotga 450 trillion so‘m kredit ajratilishi, 140 trillion so‘mi mahalladagi kichik va o‘rta loyihalar uchun berilishi belgilanmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, "Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat" g‘oyasining asosiy maqsadi – ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyillarini amalga oshirish, shuningdek, har bir fuqaroga munosib turmush sharoitini yaratishdir. Bu yo‘lda davlat ijtimoiy notekislikni kamaytirish va ehtiyojmand qatlamlarni samarali qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda hamda bu borada ijobiy natijalarga erishmoqda.

Zikirov Tursunboy,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Eronning asosiy maqsadi nima?

Мамлакатнинг тактикаси бир неча босқичдан иборат.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Эрон Президенти Масуд Пезешкиан зарбалардан сўнг Яқин Шарқ мамлакатлари етакчиларига мурожаат қилди.

Poytaxtda "tirik kitob" Xayrulla Asadov jarimaga tortildi

Ижтимоий тармоқларда "тирик китоб" номи билан танилган китоб сотувчиси Хайрулла Асадов ноқонуний тадбиркорлик фаолияти учун жаримага тортилди.

Demak... Eron Ozarbayjonga xujum qilmagan

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи озарбайжонлик ҳамкасби Жейҳун Байрамов билан телефон орқали мулоқот қилиб, Эроннинг яхши қўшничилик сиёсати ва барча соҳаларда алоқаларни кенгайтириш истагини таъкидлади.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

Amerikaliklarning qariyb yarmi AQShning Erondagi harbiy amaliyotidan norozi

Сўровномада иштирок этган республикачиларнинг 42 фоизи агар Яқин Шарқда америкалик ҳарбийлар ҳалок бўлса ёки яраланса, бу кампанияни қўллаб-қувватламаслигини билдирган.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

Trampning Xitoyga tashrifi tafsilotlari oshkor bo‘ldi

South China Morning Post нашри манбаларига кўра, АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойга ташрифи давомида Пекиндан бошқа шаҳарларга бормайди.

AQSh Isroilning Eron yoqilg‘i infratuzilmasiga bergan zarbalaridan norozi

Шанба куни Исроил Эрондаги 30 та ёқилғи омборига зарба берган

Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumining muvaffaqiyatsizligida Zalujniyni aybladi

Бу ҳақда 9 март куни Россия хавфсизлик идоралари хабар беришди.

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

Бу ҳақда Туркия президенти маъмурияти алоқа бошқармаси раҳбари Бурҳонеттин Дуран маълум қилди.

Eronda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlar mulki musodara qilinadi

Эрон Бош прокуратураси АҚШ ва Исроилнинг мамлакатга қарши ҳаракатларини қўллаб-қувватловчи фуқароларга тегишли барча мол-мулкни мусодара қилмоқда.

Andijondagi YTH oqibatida aka-uka vafot etdi

Воқеа 2 март куни соат тахминан 23:00 да содир бўлган. 32 ёшли ҳайдовчи Cobalt машинасида ҳаракатланиб кетаётган вақтида рул бошқарувини йўқотган

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Полиция вакили DPA агентлигига қулаган метеоритлар бошқа ҳудудлардаги томлар ва уйларга ҳам зарар етказганини билдирган.

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Bapco компанияси форс-мажор ҳолатини эълон қилди, бу эса заводнинг ёнилғи етказиб беришни тўхтатишидан далолат беради.

Isfahondagi yadro ob’ekti jiddiy shikastlangan

Халқаро атом энергияси агентлиги ҳозирча бу баёнотларга изоҳ бермади

Buyuk Britaniya HMS Prince of Wales aviatashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorlamoqda

Бу ҳақда Sky News хабар берди.

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi, qurbonlar bor

Бу ҳақда Эрон давлат радио ва телевидениеси хабар берди.

Brent neftining narxi 86 dollardan oshdi

Ҳормуз бўғозининг ёпилиши нефть таъминотида узоқ вақт давомида узилишларга олиб келиши мумкин, бу эса “қора олтин” нархининг кўтарилишига олиб келади.

Medvedev arab davlatlariga AQSh bazalari ular uchun tahdid ekanini aytdi

Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари Дмитрий Медведев Форс кўрфазидаги араб давлатларининг ўз ҳудудларига Америка базаларини жойлаштирганини ва соддаларча улардан ҳимоя кутганини истеҳзо билан гапирди.

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

Бу ҳақда Axios манбаларига таяниб хабар берди.

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Трамп Эронни «шартсиз таслим бўлишга» чақирди.

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Италия мудофаа вазири Гуидо Крозеттонинг айтишича, Исроил ва АҚШнинг Эронга қарши амалга оширган ҳужумлари халқаро ҳуқуқ меъёрларидан ташқарига чиққан.

Eron yangi hujumlar to‘lqinini boshladi

IRIB ахборот агентлиги хабар беришича, Эрон ракета ҳужумларининг янги тўлқинини бошлади.

Eron Abu-Dabidagi AQSh harbiy shtab-kvartirasiga zarba berdi

Эрон Абу-Даби халқаро аэропорти яқинида жойлашган АҚШ ҳарбий штаб-квартирасига зарба берди, деб хабар қилди IRIB ўзининг Telegram каналида.

Tahlilchi: Eron inqirozi yevroga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Бу ҳақда Alfa-Forex мижозларни қўллаб-қувватлаш ва савдо бўлими раҳбари Александр Шнайдерман маълум қилди.

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Каролин Левитт 5 март куни Time журналига маълум қилди.

Ekspertlar: Ispaniyada NATO bilan bog‘liq yechilmas muammo yo‘q

Экспертлар фикрича, Испанияда НАТО билан боғлиқ ечилмас муаммо мавжуд эмас.

Eron Ozarboyjonga qilingan dronlar hujumida Isroilni aybladi

Эрон Бош штабига кўра, ушбу ҳаракат аслида Исроил режими томонидан Эронни айблаш ҳамда мусулмон давлатлар ўртасидаги муносабатларни бузиш мақсадида амалга оширилган.

BMT Erondagi maktabda ro‘y bergan mudhish hodisani tekshirishni talab qildi

БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича олий комиссари Фолькер Тюрк Эроннинг Миноб туманидаги мактаб бомбаланиши оқибатида 160 дан зиёд ўқувчи ҳалок бўлиши ҳолатини тезкорлик билан, холис ва ҳаққоний тарзда тафтиш этишни талаб қилди.