Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidentiga aylandi

Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidentiga aylandi

Soliq qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum (https://t.me/soliqnews/11963) qilishicha, shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qo‘mitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Yandex Go xizmatini fiskal ma’lumotlar operatori bilan integrasiyalash bo‘yicha ishlar yakunlandi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarmoqda.

Shuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal ma’lumotlar operatori bilan integrasiyalash ishlari ham yakunlanganini ma’lum qilamiz.

Yaqin kunlarda ular orqali ko‘rsatilgan tashish xizmatlari uchun to‘lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!